MАRKАZ FАOLIYATI

Nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar va anjumanlarni (simpozium, davra suhbati) tashkil etishda koʼmaklashish. Ilmiy tadqiqot ishlarini nashrlarda chop etishga koʼmaklashish. Jumladan, markaz tomonidan tashkil etilgan ilmiy jurnallarda, xalqaro tan olingan nufuzli bazalarda (Scopus, Web of Science, EBSCO) indeksatsiya qilingan hamda respublika doirasidagi nashrlarda maqolalar chop etish va chop ettirishga koʼmaklashish.

Maqolalar va jurnallar uchun DOI raqamlar berish. DOI – bu, raqamli obʼekt identifikatori (digital object identifier, qisqartirilgan DOI, diskret obʼekt identifikatori) axborot faoliyati obʼektlarini belgilash uchun moʼljallangan DOI tizimining asosiy elementidir. DOI nomini (identifikatori, raqami) nashr yoki uning qismi (kitob, kitobning bobi, maqola) yoki element (rasm, jadval, formula va boshqalar), audio va video tarkib, maʼlumotlar toʼplamlari kabi obʼektlarga berish mumkin. Maʼlumotlar bazalari maʼlumotlari, moddiy narsalar (DVD, qogʼozli kitob), odamlar (mualliflar, bastakorlar, noshirlar), tashkilotlar va boshqalarga berilishi mumkin. DOI nomidan foydalangan holda tizim internetdagi obʼektning doimiy joylashgan joyiga yoki u haqidagi maʼlumotlarga (metamaʼlumotlarga) havola (URL) beradi.

Treninglar, vebenarlar va qisqa kurslar - bu xodimlarning yangi bilimlarni olish, yangi koʼnikmalar va ish usullarini oʼzlashtirishning doimiy jarayoni boʼlib, markazimiz sizlarga ilmiy yoʼnalishda ilmiy tadqiqot isharini nashrga tayyorlash, adabiyotlar tahlili uchun materiallar izlashning samarali yoʼllari, xalqaro tan olingan bazalarda indeksatsiya qilingan yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqola chop etish, davlat dasturi doirasida hamda chet el mamlakatlari tomonidan eʼlon qilingan grantlariga loyiha tayyorlash va topshirish boʼyicha tizimli ravishda kurslar tashkil etib boradi.

Markaz ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini samaradorligini va ularning natijadorligini aniqlash, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini professional darajada ekspertizadan oʼtkazish ishlarini tashkil etadi.

Mendeley dasturidan foydalangan holda ilmiy tadqiqot ishlarini adabiyotlar sharxini tayyorlash boʼyicha amaliy yordam koʼrsatiladi. Dasturdan foydalanish koʼnikmalari shakllantiriladi. Mendeley - bu tadqiqot ishlarini PDF formatida saqlash va koʼrish imkoniyatini beruvchi va xalqaro olimlar ijtimoiy tarmogʼiga ulangan bepul bibliografik maʼlumotlarni boshqarish dasturi.

Mamlakatimiz ilm-fanini yuqori choʼqqilarga olib chiqishning asosiy tamoyillaridan biri bu mualliflik huquqni himoyalash maqsadida har bir nashr etilayotgan konferentsiya materiallari, maqolalar, monografiyalar va boshqa adabiyotlarni plagitaga (koʼchirmakashlikka) qarshi tekshiruvdan oʼtkazish hisoblandi. Plagiat - bu shaxs tomonidan qasddan amalga oshirilgan boshqa birovning ijodiy ishining muhofaza qilingan natijalaridan noqonuniy foydalanish yoki uni tasarruf etish, bu haqiqiy muallif sifatida oʼzi toʼgʼrisida boshqa shaxslarga yolgʼon maʼlumot tarqatishdir.

Ilmiy tadqiqot ishlarini nufuzli jurnallarda chop etish uchun tayyorlangan maqolangizni professional darajada rus va ingliz tiliga tarjima qilishda koʼmaklashamiz. Ilmiy nashrlarga maqola berishdan oldin maqola yozilgan tilni professional prufriding (proofreading)dan oʼtkazamiz. Proofreading - bu olimlar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqola matnini yuqori baholangan jurnallar talablariga muvofiq tahrirlash, ingliz tilidagi yozma matnni takomillashtirish, imlo va grammatik xatolarni bartaraf etish va belgilangan texnik talablarga moslashtirish xizmati.

Hozirgi kunda ilm fan taraqqiyotida, sohalarda oʼz yechimini kutayotgan muammolarning yechimlarini bir fan yoʼnalishda tasovvur etib boʼlmaydi. Muammolarni yechishda aniq natijaga erishish uchun sohaga yaqin boʼlgan boshqa fanlar boʼyicha ham yuqori bilim va kunikma talab etadi. Masalan sohalar taraqqiyotni aniq fanlarsiz yaʼni matematika, fizika, kimyo, dasturlashlarsiz tasovvur etib boʼlmaydi. Markazimiz ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda matematika, fizika, kimyo, dasturlash boʼyicha yetakchi olimlarni jalb etgan holda ilmiy tadqiqot ishingizga koʼmak beradi.